Imkoniyatlar

Reklamadan pulgacha bo'lgan yo'lning hammasi

Meta kabinetida xarajat bor, CRM'da sotuv bor — orasida bo'shliq bor. AdSinc shu bo'shliqni yopadi va natijani ikki tomonga ham qaytaradi.

Reklama tomoni
Meta kabinetidagi hamma raqam

Xarajat, ko'rsatishlar, bosishlar va lidlar — kampaniya, ad set va alohida reklama darajasida. CPL dinamikasi vaqt bo'yicha chiziladi, kreativlar o'zaro solishtiriladi.

  • ✓Kampaniya / ad set / reklama kesimi
  • ✓CPL va xarajat dinamikasi
  • ✓Kreativlar samaradorligi
  • ✓Bir nechta reklama kabineti bitta hisobda
CRM tomoni
Lid CRM'ga tushgandan keyin nima bo'ldi

amoCRM yoki Bitrix24'dagi bitimlar, bosqichlar, sotuvchilar va qo'ng'iroqlar tortiladi. Voronka bosqichma-bosqich ko'rinadi: qayerda to'xtab qolyapti.

  • ✓Voronka bosqichlari va o'tish foizi
  • ✓Sotuvchilar kesimi: yopish foizi, javob vaqti
  • ✓Rad etish sabablari — reklama masalasimi yoki sotuv masalasi
  • ✓Har bir lidning yo'li: tashrifdan bitimgacha
Bog'lash
Qaysi sotuv qaysi reklamadan kelgani

Bu — mahsulotning yuragi. Lid bilan reklama o'rtasidagi bog'lanish bir necha iz bo'yicha topiladi va biri topilmasa, ikkinchisi ishlaydi.

  • ✓Meta Lead Ads formasi — real vaqtda webhook orqali
  • ✓fbclid va UTM — saytga kelgan tashrif orqali
  • ✓Telefon raqami — SHA-256 xeshi bo'yicha moslashtirish
  • ✓Natijada: kampaniya bo'yicha daromad va ROAS
Qaytarish
Meta haqiqiy xaridni bilib o'rgansin

Conversions API orqali CRM'dagi haqiqiy natija Meta'ga qaytariladi. Algoritm endi formani to'ldirganga emas, sotib olganga o'xshaganlarni qidiradi.

  • ✓Lead — lid CRM'ga tushganda
  • ✓QualifiedLead — lid sifatli deb belgilanganda
  • ✓Purchase — bitim yopilganda, summasi bilan
  • ✓Alohida token: reklama kabinetiga tegmaydi
Xabar berish
Hisobotni o'zingiz ochib yurmaysiz

Kunlik hisobot Telegram'ga o'zi keladi — belgilangan soatda, siz so'ramasdan. Nimadir chetga chiqsa, alohida ogohlantirish yuboriladi.

  • ✓Telegram'ga kunlik hisobot, soati sozlanadi
  • ✓Anomaliya ogohlantirishlari: CPL sakrashi, xarajat to'xtashi
  • ✓Bir necha turdagi hisobot: umumiy, kampaniyalar, xaridlar
  • ✓PDF ko'rinishida yuklab olish
Ish tartibi
Agentlik uchun ham, bitta biznes uchun ham

Har bir mijoz — alohida loyiha: o'z integratsiyasi, o'z hisoboti, o'z to'lovi. Loyihalar bir-birining ma'lumotini ko'rmaydi, loyihalar soniga cheklov yo'q.

  • ✓Cheksiz loyiha
  • ✓Loyiha bo'yicha alohida ulanish va sozlama
  • ✓Ish vaqti va ish kunlari sozlanadi — javob vaqti shunga qarab hisoblanadi
  • ✓Barcha vaqt hisob-kitobi Toshkent vaqtida

Hamma lid reklamadan kelmaydi

Reklamadan kelmagan lidni “noaniq” deb tashlab qo'yish — hisobni buzadi. AdSinc har bir lidni yettita toifadan biriga joylashtiradi, shuning uchun reklama ulushi haqiqiy ko'rinadi.

Tartib muhim: reklamani bosib, saytga kirib, keyin qo'ng'iroq qilgan odamning manbasi — reklama. Qo'ng'iroq faqat boshqa iz bo'lmaganda manba bo'ladi.

ReklamaKampaniya ID, Meta lid ID, fbclid yoki Meta UTM
Kiruvchi qo'ng'iroqSayt sessiyasi yo'q, birinchi qo'ng'iroq kiruvchi
QidiruvGoogle, Yandex va boshqa qidiruv tizimlari
Saytdan organikSaytga kelgan, lekin yuqoridagilarning hech biri emas
Facebook organikReferrer'da facebook
Instagram organikReferrer'da instagram
NoaniqHaqiqatan hech qanday iz qolmagan

Ulash uchun 5 daqiqa kifoya

Ruxsat berasiz — kabinet, voronka va sotuvchilar avtomatik tortiladi. Qolgan ishni tizim o'zi qiladi.