Siz hech narsa eksport qilmaysiz, hech narsani qo'lda solishtirmaysiz. Quyida — nima qilishingiz kerakligi va tizim o'zi nima qilishi.
Meta uchun ruxsat berasiz, CRM uchun ulanishni tasdiqlaysiz. Reklama kabinetlari, voronkalar va sotuvchilar ro'yxati o'zi tortiladi — qo'lda hech narsa kiritmaysiz.
Qaysi bosqich “sifatli lid”, qaysi biri “sotildi” — bir marta belgilaysiz. Rad etish sabablarini ikki toifaga ajratasiz: reklama masalasi yoki sotuv masalasi.
Saytingiz bo'lsa, bitta kichik skript qo'yiladi. U tashrifni, fbclid'ni va formadagi telefon xeshini yozadi — keyinchalik lidni aynan shu tashrifga bog'lash uchun.
Belgilangan soatda Telegram'ga bitta xabar keladi: xarajat, lidlar, sotuvlar, sotuvchilar. Nimadir chetga chiqsa — alohida ogohlantirish.
Beshta oqim. To'rttasi ichkariga, bittasi tashqariga — natija Meta'ga qaytariladi.
Bitta iz yetmaydi — odam reklamani telefonda ko'rib, kompyuterda qidirib, keyin qo'ng'iroq qilishi mumkin. Shuning uchun uchta yo'l ketma-ket sinaladi.
Instant Form to'ldirilsa, lid Meta'dan to'g'ridan-to'g'ri keladi — kampaniyasi bilan birga. Eng aniq yo'l.
Reklamadan saytga o'tilganda fbclid va UTM yoziladi. Forma to'ldirilganda o'sha tashrifga ulanadi.
Lid CRM'ga boshqa yo'l bilan tushsa ham, telefon xeshi saytdagi tashrif bilan solishtiriladi va bog'lanish tiklanadi.
AdSinc Meta'dan faqat O'QIYDI. Kampaniya yoqish, o'chirish, byudjet o'zgartirish — mahsulotda umuman yo'q.
Moslashtirish uchun raqamning o'zi emas, uning bir tomonlama xeshi ishlatiladi. Xeshdan raqamni tiklab bo'lmaydi.
AdSinc CRM'dagi sonni o'zgartirmaydi. Agar farq chiqsa — bu sozlama yoki filtr farqi, va uni ochiq ko'rsatamiz.
Biror ko'rsatkich uchun manba ma'lumot yetarli bo'lmasa, blok bo'sh emas — nechta lid qamralganini ochiq yozamiz.