Savol-javob

Savollar

Ko'p so'raladigan savollarga ochiq javob. Ro'yxatda topilmadimi — yozing, javob beramiz.

Umumiy

AdSinc aslida nima qiladi?+

Meta reklama kabinetidagi xarajatni CRM'dagi sotuv bilan bog'laydi va bitta hisob chiqaradi: qaysi kampaniya qancha pul yedi, qancha lid berdi, qanchasi sotildi va qancha daromad keltirdi.

Reklamani AdSinc orqali yuritamanmi?+

Yo'q. AdSinc reklama boshqarmaydi — u faqat hisob yuritadi. Kampaniyalarni odatdagidek Meta kabinetida yuritaverasiz.

CRM'im yo'q. Ishlata olamanmi?+

Ha, Meta Reports tarifi aynan shu holat uchun: reklama kabineti hisobi, CPL dinamikasi va Telegram'ga kunlik hisobot. CRM paydo bo'lganda istalgan vaqtda CRM Attribution'ga o'tasiz.

Agentlikman, mijozlarim ko'p. Qanday tashkil qilaman?+

Har bir mijoz — alohida loyiha: o'z ulanishi, o'z hisoboti, o'z to'lovi. Loyihalar bir-birining ma'lumotini ko'rmaydi, soniga cheklov yo'q.

Ulanish

Qaysi CRM'lar qo'llab-quvvatlanadi?+

amoCRM va Bitrix24. Ikkalasida ham lidlar, bitimlar, bosqichlar, sotuvchilar va qo'ng'iroqlar bir xil tarzda o'qiladi.

Ulash qancha vaqt oladi?+

Odatda 5 daqiqa. Meta uchun ruxsat berasiz, CRM uchun ulanishni tasdiqlaysiz — kabinetlar, voronkalar va sotuvchilar ro'yxati o'zi tortiladi.

Saytga kod qo'yish shartmi?+

Shart emas. Meta lid formasi orqali kelgan lidlar kodsiz ham bog'lanadi. Lekin sayt orqali keladigan lidlaringiz bo'lsa, kod aniqlikni sezilarli oshiradi — fbclid va tashrif izi aynan shundan olinadi.

Bir nechta reklama kabinetim bor.+

Bo'ladi. CRM Attribution narxiga 3 ta, Meta Reports narxiga 1 ta kabinet kiradi. Ortiqchasi uchun oyiga 50 000 so'mdan.

Raqamlar va aniqlik

AdSinc raqamlari CRM bilan mos keladimi?+

Ha — bu biz uchun qat'iy qoida. AdSinc CRM'dagi sonni qayta hisoblamaydi. Agar farq ko'rsangiz, sabab deyarli har doim bitta: solishtirilayotgan davr, voronka yoki filtr boshqacha.

Ulanishdan oldingi eski lidlar ham hisobga olinadimi?+

Yo'q. Har bir CRM ulanishi uchun kuzatuv boshlangan sana bor va undan oldingi hech narsa ko'rsatkichlarga kirmaydi. Sababi oddiy: o'sha davrda reklama izi saqlanmagan, ularni qo'shsak hisob yolg'on chiqadi. Istisno — chegaradan oldin ochilgan, lekin keyin yopilgan bitim: u kiradi.

Nega ba'zi lidlar “Noaniq” deb turadi?+

Chunki o'sha lidda haqiqatan hech qanday iz yo'q: na reklama bosilgan, na saytga kirilgan, na qidiruvdan kelgan. Bunday lidlar odatda ozchilikni tashkil qiladi — qo'ng'iroq va qidiruv alohida toifalarga ajratilgan.

Nega Dashboard'dagi sotuv soni Xaridlar bo'limidagidan kam?+

Ataylab shunday. Dashboard — faqat Meta reklamasidan kelgan sotuvlar (ROAS shuning ustiga quriladi). Xaridlar bo'limi esa barcha manbalarni sanaydi: qo'ng'iroq, qidiruv, organik. Ikkalasi ham to'g'ri, shunchaki savoli boshqa.

Ma'lumot darrov to'ladimi?+

Reklama va lid raqamlari darhol ko'rinadi. Ba'zi chuqurroq ko'rsatkichlar — masalan birinchi aloqa vaqti — eski lidlar bo'yicha bir necha kun ichida to'ladi, chunki tizim ularni bosqichma-bosqich qayta ko'rib chiqadi.

Xavfsizlik

Reklamamga zarar yetmaydimi?+

Yetmaydi. AdSinc Meta'dan faqat o'qiydi — kampaniya yoqish, o'chirish yoki byudjet o'zgartirish imkoniyati mahsulotda umuman yo'q.

Mijozlarimning telefon raqamlari saqlanadimi?+

Raqamning o'zi emas, uning bir tomonlama xeshi saqlanadi — lidni saytdagi tashrif bilan solishtirish uchun. Xeshdan raqamni tiklab bo'lmaydi.

Ketmoqchi bo'lsam, ma'lumotim nima bo'ladi?+

Loyihani o'chirasiz: integratsiyalar darhol uziladi, loyiha ilovada ko'rinmay qoladi va 7 kundan keyin butunlay o'chiriladi. 7 kun ichida fikringiz o'zgarsa — tiklash mumkin.

Narx

Narx nimaga bog'liq?+

Ikki narsaga: loyiha turiga (Meta Reports 50 000 so'm/oy, CRM Attribution 240 000 so'm/oy) va reklama kabinetlari soniga. Foydalanuvchi soni, lid soni yoki xarajat hajmi narxga ta'sir qilmaydi.

Sinab ko'rsam bo'ladimi?+

Ha. Avtomatik sinov davri yo'q, lekin bog'lansangiz loyihangizga 1 oylik bepul muddat ochib beramiz — to'liq funksiyada.

Uzoq muddatga chegirma bormi?+

3 yoki 6 oylik obunada oylik narx 20% arzonlashadi.

Javobini topmadingizmi?

Yozing — o'z holatingizni ko'rib chiqamiz va AdSinc sizga nima berishini aniq aytamiz.